Goʻyoki bir vaqtning oʻzida osmonda uchta quyosh koʻringandek boʻladi. Ammo, unday emas.

Aslida galo qanday tabiat hodisasi? Uning gʻayritabiiy jihati nimada?

"Galo hodisasi — bu, gʻayrioddiy tabiat hodisasi boʻlib, odatda, quyosh va oy atrofida, baʼzan esa koʻcha chiroqlari kabi boshqa kuchli yorugʻlik manbalari atrofida koʻrinadi. Galoning koʻp turlari mavjud va ular yuqori troposferada 5-10 km balandlikda asosan, patsimon bulutlardagi muz kristall zarralari bilan bogʻliq boʻladi.

Galo turlari patsimon bulutlari kristallarining shakli va joylashganligiga bogʻliq. Patsimon bulutlardagi kristall muz zarrachalar kuchli yorugʻlik taʼsirida atrofida yorqin yoy shaklidagi kamalakrang hodisani vujudga keltiradi", deydi doktorant E. Abdulahatov.