Namangan shahridagi iste’dodli o‘quvchiga vazir maktubi yetkazildi

    Namangan shahar 1-sonli maktabning 5-"G" sinf o‘quvchisi Taslimboyev Og‘abek innovasion rivojlanish vaziriga o‘z qiziqishlari, yaratgan ixtirolari va o‘qish sharoitlari haqida maktub yo‘llagan edi.

    Innovasion rivojalanish vaziri Ibroxim Abdurahmanov iqtidorli va qobiliyatli Og‘abekning maktubiga javob yo‘lladi va yurtimizda ana shunday yangiliklarga intiluvchan, izlanishlardan zavq oladigan yoshlar borligidan g‘ururlanishini, ilm olishda to‘xtamaydigan yoshlar, albatta, katta yutuqlarga erishishlari mumkinligini bildirgan.

    Namangan viloyati hududiy Innovasion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Ilxomjon Sattarov tomonidan vazirning maktubi o‘z egasiga topshirildi.