Shunga koʻra, “Uzelektroterm” AJ binosida Namangan viloyati va shahar hokimlari, ularning investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi vakili hamda loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda charm mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan koʻp tarmoqli texnologiya parki tashkil etish boʻyicha 22 ta loyiha tashabbuskorlarining taqdimoti bilan tanishildi.

Loyihalar umumiy qiymati 410 mlrd soʻm boʻlib, ishga tushirilishi natijasida 2620 nafar ish oʻrinlari yaratish, 10,6 mln. dollar miqdorida xorijiy investitsiya oʻzlashtirish belgilangan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 316 mlrd soʻmni, eksport koʻrsatkichi 10,2 mln dollarni tashkil etadi.

Feruza Otaxonava