Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi mansabdor shaxslari tomonidan markazga ish soʻrab murojaat qilmagan va ishsizlar roʻyxatiga kiritilmagan 204 nafar fuqarolarni jamoat ishlariga jalb etilganligi haqida soxta hujjatlar tuzish orqali jami 216,2 mln soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan markaz mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.