“Yoshlar” KSZ Kichik Qurama mahallasida joylashgan boʻlib, 4 gektar maydonni egallagan. Bu yerda tez fursatlarda ishga tushadigan, qoʻshimcha qiymat yaratadigan 28 ta loyiha amalga oshiriladi.

Loyihalarning umumiy qiymati 53,7 milliard soʻmni tashkil etib, shundan 36,1 milliard soʻmi yoki qariyb 67 foizi tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Loyihalar ishga tushirilishi natijasida 1 000 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi.

Shuningdek tumanda “Qorakoʻl” kichik sanoat zonasini ham tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur kichik sanoat zonasi uchun 10 gektar yer maydoni ajratildi. Dastlabki hisob-kitoblarga asosan ushbu hududda qiymati 78,3 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan 32 ta loyihani joylashtirish hamda qoʻshimcha 1 350 ta ish oʻrni yaratish belgilangan deb habar beradi Namangan viloyati hokimligi matbuot hizmati.