Namangan tumanida elektr dvigatellarni ishlab chiqaruvchi yangi korxona ochildi

    Investitsiyalar 19 Mart 2021 721

    “NAM MOTOR SERVIS” MCHJ tumanning “Katta Toshbuloq” MFY hududida joylashgan.

    Loyihaning umumiy qiymati 30,1 mldr.soʻmni tashkil etadi. Shundan 17,0 mlrd.soʻm loyiha tashabbuskorining oʻz mablagʻlari, 300,0 ming dollari Xalq bank krediti hisobiga, 1,0 mln.dollari Xitoylik hamkorlari hisobiga toʻgʻri keladi.

    Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskori oʻz mablagʻi hisobidan 17,0 mlrd.soʻmga bino-inshootlarini qurib bitkazishi va Xalq banki tomonidan ajratilgan 300 ming AQSH dollariga Xitoy davlatidan texnologiyalar olib kelishi belgilangan.

    Joriy yil 19-mart holatiga ushbu loyihani birinchi bosqichi uchun 20,0 mlrd.soʻm mablagʻ sarflanib, qurilish ishlari yakunlandi va Xitoy Xalq Respublikasining “Fujian Haineng Electrical Co., Ltd” kompaniyasidan texnologiyalar olib kelinib, oʻrnatildi va ishga tushirildi. Natijada 70 nafar ish oʻrni yaratildi.

    Ikkinchi bosqichda 2021-2022-yillarda qoʻshimcha bino qurilib, qoʻshimcha 70 nafar ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.