Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.Sh.“ MCHJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shuningdek, Departamentning Andijon shahri boʻlimi va “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.b.” NTM masʼul shaxslari va boshqalar ushbu taʼlim muassasasi binosini elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida shartnomasiz toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 892,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.