Bosh prokuratura xabariga ko'ra, tarqatilayotgan ko'mirning aholiga etib borishi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan o'tkazilayotgan nazorat tadbirlarining birida “Ko'mir ta'minot” MCHJning Namangan viloyat filiali tasarrufidagi Uchqo'rg'on tumani ko'mir ombor mudiri U.N. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo'ljallangan 623,7 tonna ko'mirlarni talon-toroj qilgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Jinoyat ishi doirasida Uchqo'rg'on tumani ko'mir ombor mudiri U. N. protsessual tartibda ushlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda. 

SHuningdek, “Ko'mir ta'minot” MCHJning Farg'ona viloyat filiali tasarrufidagi Buvayda tuman ko'mir ombor mudiri A.I. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo'ljallangan 413,8 mln so'mlik 1.364,3 tonna ko'mirlarni go'yoki fuqarolar olgani to'g'risida soxta ma'lumotlar tayyorlab, ko'mirni naqd pulga sotib, shaxsiy manfaatlari yo'lida talon-toroj qilgan.

“Ko'mir ta'minot” MCHJ ning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi Andijon tuman ko'mir ombor mudiri SH.B. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo'ljallangan 362,3 mln. so'mlik 1.220,0 tonna, shu kabi, Buloqboshi tuman ko'mir ombor mudiri S.N. 178,3 mln. so'mlik 445,5 tonna hamda Jalaquduq tuman ko'mir ombor mudiri Y.YU. 421,7 mln. so'mlik 1.419,9 tonna ko'mirlarni go'yoki fuqarolar olganligi to'g'risida soxta ma'lumotlar tayyorlab, ko'mirni naqd pulga sotishib, shaxsiy manfaatlari yo'lida talon-toroj qilishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlari SH.B., S.N., va Y.YU. ga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a ” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, ushbu shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

Jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.                       

Mazkur holat yuzasidan ombor mudiriga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, ushbu shaxs protsessual tartibda ushlandi.

Tergov harakatlari davom etmoqda. 

Mazkur yo'nalishda nazorat tadbirlari davom etmoqda.