“Dunyo“ AAning xabar berishicha, Al-Aseal” asal ishlab chiqarish korxonasi rahbari Fatxi Bexeyri bilan muzokara oʻtkazildi. Unda Namangan va Jizzax viloyatlarida asal zavodini tashkil etish boʻyicha investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.

Jumladan, qurilishi rejalashtirilayotgan binolar, asalni qayta ishlash, tozalash va boyitish tizimi boʻyicha rejalar koʻrib chiqildi.

Muzokaralardan soʻng asalni qayta ishlash va qadoqlash markazi hamda asal yigʻish dalasiga ekskursiya uyushtirildi. Diplomatlar yaratilgan sharoitlar va ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.