Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yakka tartibdagi tadbirkor D.A. “Uychi dehqon bozori” MCHJ hududidagi savdo do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 119,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning O‘rtachirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. “Burgalik” MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 107,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro I.M. tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 99,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.