Tadbir zaliga Chust doʻppisi kiyib kirgan viloyat hokimining barcha yoshlarga Chust doʻppisi tarqatish boʻyicha bergan topshirigʻi yigit-qizlar va nuroniylar vakili tomonidan koʻtarinkilik bilan qarshi olindi.
“Barchaga doʻppi tarqating, viloyat byudjeti hisobidan”, deya milliy bosh kiyimda boʻlishga targʻib qildi Namangan rahbari. Shu joyning oʻzida yuz chogʻli ishtirokchi doʻppili boʻldi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Baxtiyor Mirzatov Prezident qarorining mazmun-mohiyati, galdagi vazifalarga toʻxtaldi.
Viloyat hokimining mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
Oʻz muxbirimiz.