Unda asosan yangi 2023 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir fikr-mulohazalar va takliflar o'rtaga tashlandi. 

- Sizlar xalq ichida yurasiz, ko'plab murojaatlarni tinglaysiz. Barcha soha vakillari bilan uchrashib, muammolarni eshitish orqali o'zimizga chora-tadbirlar belgilamoqdamiz, ishlarimizni rejalashtirmoqdamiz, - dedi viloyat rahbari.

Shundan so'ng jurnalist va blogerlar o'zlarining qator taklif-mulohazalarini aytishdi. Ko'tarilgan masalalarning har biriga viloyat rahbari o'z munosabatini bildirdi va tegishli mas'ullarga bugunning o'zida topshiriqlar berilishini ma'lum qildi. Endi bunday yuzma-yuz va samimiy, tanqidiy-tahliliy ruhdagi muloqotlar muntazam o'tkazib turiladi.