Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudida Namangan viloyati prokurori oʻrinbosarining Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan S. S. (erkak, 1976-yilda Namangan shahrida tugʻilgan, Namangan viloyati hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan koʻrib chiqildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudining 2023-yil 16-dekabrdagi ajrimi bilan Namangan viloyati prokurori oʻrinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi S. S.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.