Namangan viloyatining sobiq hokimi Ikromxon Najmiddinov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

    Mamlakatimizda 14 May 2021 3569

    Vatan va xalq manfaatlari yoʻlidagi samarali mehnatlari bilan nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz miqyosida obroʻ-eʼtibor qozonib kelayotgan fidoyi inson, salohiyatli rahbar respublika “Nuroniy” jamoat fondi viloyat boʻlimi boshligʻi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Ikromxon Najmiddinovning tabarruk 70 yoshga toʻlishi munosabati tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga koʻra, Ikromxon Najmiddinov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov ishtirok etdi hamda muhtaram Yurtboshimizning Farmonini oʻqib eshittirdi va mukofotni topshirdi.

    Shundan soʻng Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, mehnat faxriysi Botirali Hakimov, Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi Bahodir Tojiyev va boshqalar soʻzga chiqdilar.

    Viloyat hokimligi axborot xizmati.