Namanganda 130 oilaga bepul oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

    Ramazon oyi munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Namangan viloyat bo'limi yana bir xayrli ishga qo'l urdi. Fond viloyat bo'limi tashabbusi bilan har bir tuman va shahardan ehtiyojmand oilalar ro'yxati shakllantirilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.

    — Kuni-kecha xayriya tadbirlarimizning birinchi bosqichi yakunlanlandi, — deydi fond viloyat bo'lim boshqaruvi raisi A.Mukarramov. — Birinchi bosqichda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan va nogironligi bor 130 oilaga beg'araz yordam ko'rsatdik. Ayni kunlarda viloyat bo'yicha yana 200 oilaning ro'yxati shakllantirilgan. Ramazon hayiti arafasida ularga ham moddiy ko'mak ajratish niyatidamiz.

    Ta'kidlash kerak, fond respublika boshqaruvi topshirig'iga asosan joylarda kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olib, ularga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatilmoqda. Xayriyaga muhtoj oilalar esa mahalla faollari, mahallalarda xizmat ko'rsatayotgan hokim yordamchilari va sektor rahbarlari bilan hamkorlikda aniqlanmoqda.

    “Mahalla” fondi

    matbuot xizmati