2020-yilning 16-18-iyun kunlari tashkilotning rasmiy telegram kanalida ehtiyojmand aholiga bepul jo‘jalar tarqatilishi haqida e'lon berildi hamda parrandachilikni rivojlantirishga qiziqishi bor murojaatchilarning shaxsiy ma'lumotlari @IstemolchiOnlineBot boti orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Har bir ehtiyojmand oilaga 20 donadan jami 15 mingta jo‘jalar tekin tarqatildi. Federatsiyaning rasmiy botiga shunday aksiyalar yana davom ettirilishini so‘rab murojaat qilganlarning soni ortib borayotganligi sababli yaqin kunlarda yana katta miqdorda jo‘jalar bepul tarqatish rejalashtirilmoqda.

“Bu orqali biz karantin sharoitida ehtiyojmand aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirishlari uchun oz bo‘lsada hissamizni qo‘shishni maqsad qilganmiz — deydi, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan shahar ijro etuvchi apparati rahbari Husanboy Aliyev.

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini
 himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
axborot bo'limi