Bu haqda viloyat YHXB Matbuot xizmati xabar qildi.

Aniqlanishicha, haydovchining oʻrniga qizi, old oʻrindiqqa oʻzi oʻtirgan. Orqa oʻrindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi boʻlgan.

Voyaga yetmagan qiz avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda yoʻlning xavfli burilish qismida oʻng tomonga burilayotgan vaqtida tajribasizligi sabab rul boshqaruvini yoʻqotgan. Oqibatda yoʻlning oʻng tomonidan oqib oʻtuvchi Andijon kanaliga tushib ketgan.

Hodisa sabab orqa oʻrindiqda boʻlgan ona va kichik qizalogʻi nafas yoʻliga suv tiqilishi tashxisi bilan vafot etgan.

Mashina boshqargan voyaga yetmagan qiz va uning dadasi tan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.