Qayd etilishicha, Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “Oʻzenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, DXX, Bosh prokuratura va elektr taʼminoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbiri oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan «Ch.Sh.« MCHJ masʼullari tomonidan ishlab chiqarish sexida elektr energiyasi hisobi uchun oʻrnatilgan tok transformator qasddan uzib qoʻyib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 159 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.