Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 26-aprel kuni soat 16:15 da 112 qisqa raqami orqali Namangan viloyati, Uychi tumani “Xoʻjaobod“ MFY da yashovchi fuqaro 2022-yilda tugʻilgan oʻgʻlini nazoratsiz qoldirilishi natijasida yashash uyidagi hojatxonaga tushib ketganligi yuzasidan FVB ga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan tezkor harakatlari natijasida bola hojatxonadan sogʻ-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.