баннер
1 Apr 2025
10:58

    Namanganda 40 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan umumiy ovqatlanish shoxobchasi fosh boʻldi

    Oʻtkazilgan tekshiruvlarda ushbu shoxobcha qariyb 600 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

    Bosh prokuraturaning xabar berishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “A.A.S.B” oilaviy korxonasi rahbari A.A. oʻziga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanishi oqibatida 580 mln. soʻmlik tabiiy gaz va 36 mln. soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlangan.

    Holat boʻyicha A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u protsessual tartibda ushlangan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech