22-maydan 5-iyungacha Namangan shahrida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida 61-Xalqaro gullar bayrami bo'lib o'tadi.
Unda 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy gul yetishtiruvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Festival doirasida gulga burkangan avtomobillar karvoni, rangli kompozitsiyalar, noyob o'simliklar ko'rgazmalari, ko'ngilochar dasturlar, mahorat saboqlari, mashhur san'atkorlarning chiqishlari va boshqa juda ko'p qiziqarli tadbirlar o'tkaziladi.
Bayramni 22-may kuni gullar paradi ochib berishi rejalashtirilgan, deb xabar beryapti Hudud Inform.