Mazkur investitsion loyiha “Oʻzbekiston Respublikasida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlikni foto-video qayd etish avtomatlashtirilgan tizimi”ni amalga oshirish toʻgʻrisida boʻlib, afzalliklari yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, qonuniy talablar bajarilishi va korrupsion holatlarga chek qoʻyishga xizmat qiladi.

Yoʻl harakati xavfsizligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha turkiyalik investorlar tomonidan 10 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritish sharti bilan namuna sifatida Pop, Chust, Toʻraqoʻrgʻon va Davlatobod tumanlarida “aqlli radar tizimlari” oʻrnatiladi.