– Namangan viloyatida mega loyiha ustida ish boshladik. Mazkur mega loyiha 750 million dollarlik 15 ta loyihani o‘z ichiga olgan. Bu loyihalar ishga tushirilgach, viloyat iqtisodiyoti ancha yaxshilanadi.
Eng asosiysi, Namanganda ushbu loyihalarni amalga oshiruvchi tashabbuskorni topish muammo bo‘lmadi. Namangan xalqida salohiyat, imkoniyat, xohish bor. Tadbirkorlik ko‘nikmasi va mas’uliyati yuqori.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida viloyatda 19 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Ayni paytda Davlatobod, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on tumanlarida ishlar boshlagan. Xuddi shunday boshqa tumanlarda ham ish olib boriladi.
Viloyatda to‘qimachilik, charm-poyabzal, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari kabi drayver sohalar bo‘yicha “o‘sish nuqtalari” belgilab olindi, deb ma’lum qildi S.Umurzoqov.
Yangi tizim bo‘yicha 775 ta mahallaga sanoat loyihalari olib kiriladi.