Har yili anʼanaviy tarzda nishonlanadigan ushbu tantana “Kuz oqshomi” degan maʼnoni anglatadi. U odatda oy taqvimi boʻyicha sakkizinchi oyning 15 kunidan boshlab uch kun davomida nishonlanadi. Bu sana kuzgi yigʻim-terim paytiga toʻgʻri keladi. Shu kunlari dasturxon atrofiga uzoq-yaqindagi qarindoshlar, oila aʼzolari, tanish-bilishlar toʻplanadi. Qoʻshiqlar, raqslar ijro etiladi.
Namanganda oʻtkazilgan bu yilgi bayram “Korea Best Academy” koreys professional rivojlanish oʻquv markazi hamkorligida tashkil etildi. Bayram tantanasida koreys milliy liboslari namoyishi, yosh taekvondochilarning koʻrgazmali chiqishlari, koreys milliy taomlari koʻrgazmasi ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.