Viloyat YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, shu yilning 09-noyabr kuni soat 10:20larda, Uychi-Chortoq temir yoʻl bekatlari oraligʻining 118-kilometri 1-toʻsigʻidagi qoʻriqlanmaydigan temiryoʻl kesishmasida 1961-yilda tugʻilgan haydovchi “Damas” rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, kesishmadagi toʻxtash ishorasi belgisiga amal qilmay harakatda davom etishi natijasida temir yoʻlda harakatlanib kelayotgan Teplovozning yuk vagoniga borib urilgan.
Barcha haydovchilardan yoʻllarda belgilangan qoidalarga qatʼiy amal qilishlarini soʻrab qolamiz. Zero, qoidalar hayotingiz xavfsizligi uchun joriy etilgan, — deyiladi xabarda.