баннер
5 Apr 2025
14:20

    Namanganda elektr choynaklar ishlab chiqariladi

    Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Yoshlar” kichik sanoat zonasida yana bir loyiha asosida yangi korxona ish boshladi. 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

    Bugungi kunda Toʻraqoʻrgʻon tumanida jami 22 gektar yer maydonida 6 ta kichik sanoat zonalari, shundan 7,80 gektar yer maydonida 2 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etilgan.

    Ushbu KSZlariga qiymati jami 326 mlrd soʻmlik 40 ta loyihalar joylashtirilgan va ularni toʻliq ishga tushirish hisobiga 2593 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

    Hozirgi kunga qadar qiymati 78 mlrd 700 soʻmlik 12 ta loyihalar ishga tushirildi va 1121 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

    Bugun “Yoshlar” kichik sanoat zonasida yana bir loyiha asosida yangi korxona ish boshladi.

    “SMART KETTLE FACTORY” MCHJning loyiha qiymati 2 mln AQSH dollari boʻlib, yillik 600 ming dona elektr choynaklar ishlab chiqariladi va 7 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Eng muhimi, bu yerda 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech