Moda haftaligi dizaynerlarning yangi toʻplamlari namoyishi bilan boshlandi.
Haftalik davomida tikuvchilik korxonalari, dizayn studiyalari rahbarlari, shuningdek, eksportga yoʻnaltirilgan va tovarlarni reklama qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga tayyor boʻlgan marketologlar, top-menejerlar, reklama agentliklari vakillari uchun amaliy seminarlar oʻtkaziladi.
25-may kuni moda haftaligi doirasida Fargʻona vodiysi yosh dizaynerlari tanlovining finali va 26-may kuni professional dizaynerlar kolleksiyalarining namoyishi boʻlib oʻtadi. Har ikki namoyish gullar festivali boʻlib oʻtadigan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bogʻda joylashgan xiyobonda oʻtkaziladi.
Moda haftaligi 26-maygacha davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, kecha Namangan shahrida 61-xalqaro gullar festivali boshlandi.