Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 11-may kuni 21:12 da viloyat FVBga Yangi Namangan tumani “1-Axsikent” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Katta Namangan” kanaliga “Gentra” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketganligi haqida xabar qilingan.
Hodisa kecha Yangi Namangan tumanida yuz bergan. Haydovchi boshqaruvni yoʻqoitishi oqibatida mashina kanalga tushib ketgan.
Viloyat FVB qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, haydovchi va avtomobilni kanaldan chiqarib olishgan.
Haydovchi oʻz xavfsizligi uchun suvdagi avtomashinasi ustiga chiqib olgan.