Unda har kuni ertalab va kechqurun viloyatdagi umumvaziyat muhokama qilinib, muammolarni joyida va tezkor bartaraf etish choralarini koʻrish qatʼiy nazoratga olingan.
Shtab komissiyasining bugungi qaroriga koʻra, viloyat hududida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotganidan kelib chiqib, Namangandagi maktabgacha, maktab va professional taʼlim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda oliy oʻquv yurtlarida qishki taʼtil 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
Oʻquv mashgʻulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.










