“Namangan suv taʼminoti” MCHJ axborot xizmati xabariga koʻra, Namangan shahrining Oromgoh dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Goʻzal, Chamanzor, Mingchinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgoh, Mehnatobod, Ishonch, Istiqbol MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar sodir boʻladi.
Hozirda “Namangan suv taʼminoti” MCHJ Namangan shahar boʻlimi mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish choralari koʻrilayotgani aytilgan.