Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining maʼlumotiga koʻra, Xalqaro gullar festivali doirasida Namangan shahridagi Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasida “Hindistonning yozma merosi: hind-islom xattotligida yozish sanʼati” mavzusida koʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va Hindiston elchisi Manish Prabhat, Laʼl Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chandra Shekxar ishtirok etdi.

Galereyada 100 ga yaqin hind-islom xattotlik sanʼti asarlari namoyish etilmoqda.