Shavkatjon Abdurazzoqov Uchqoʻrgʻon markaziy dehqon bozorida boʻlib, oziq-ovqat xavfsizligi va bozorlarda narx-navo oshib ketishining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
— Shukurki, bozorlarimizda mahsulotlar serob, ayniqsa, oziq-ovqatlarning savdosi chaqqon. Biz, mutasaddilar narxlar koʻtarilmasligi uchun ishlarni toʻgʻri va tezkor tashkillashimiz, doimiy nazoratga olishimiz kerak, — dedi viloyat rahbari.
Tadbirkorlar bilan suhbatlashgan viloyat hokimi narxlarni sunʼiy oshirmaslik, bozorda aholi uchun qulay sharoit yaratish boʻyicha tushuntirishlar berdi.