баннер
16 Apr 2025
20:18

    Namanganda ilk “Gul bayrami” qachon oʻtkazilgan? “Gullar karvoni”-chi?

    1961-yilning 19-20-avgust kunlari Namanganda ilk gul bayrami – “Gul vistavkasi” boʻlib oʻtgan. Bu haqda “Namangan haqiqati” gazetasida eʼlonlar chop etilgan. Bogʻ radiouzelida “Gul va gullar bayrami” degan maxsus eshittirishlar tashkil etilgan.

    Shahar markaziy shifoxonasi, energokombinat, 2-paxta tozalash zavodi, 3-maktab, yosh texnik va naturalistlar stansiyasining koʻrgazmalari eʼtirof etildi.

    Bu vaqtda Namangan shahar rahbari Zohidjon Yoʻldoshev edi.

    Gullar bayrami tarixida “GAZ-21” avtomashinalarida gullar karvoni uyushtirilgani maʼlum. Ammo haqiqiy maʼnodagi gullar festivali keyingi 2018, 2019, 2021-yillarda oʻtkazildi.

    Chinakam gul karvonlari ham shu yillarda namoyish etildi. Unda mustaqil vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomashinalar, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish texnikalari anvoyi gullar bilan bezatildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech