Shahar markaziy shifoxonasi, energokombinat, 2-paxta tozalash zavodi, 3-maktab, yosh texnik va naturalistlar stansiyasining koʻrgazmalari eʼtirof etildi.

Bu vaqtda Namangan shahar rahbari Zohidjon Yoʻldoshev edi.

Gullar bayrami tarixida “GAZ-21” avtomashinalarida gullar karvoni uyushtirilgani maʼlum. Ammo haqiqiy maʼnodagi gullar festivali keyingi 2018, 2019, 2021-yillarda oʻtkazildi.

Chinakam gul karvonlari ham shu yillarda namoyish etildi. Unda mustaqil vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomashinalar, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish texnikalari anvoyi gullar bilan bezatildi.