Ushbu sport majmuasida o'tkaziladigan Respublika musobaqasida ishtirok etish maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 150 nafarga yaqin sportchilar tashrif buyurganlar.
Viloyat rahbari o'zi ham karting minib, yoshlarga motivatsiya berdi.

«Sportni ommalashtirishda yoshlarga o'zimiz namuna bo'lishimiz kerak», dedi Namangan viloyat hokimi.

Namangan viloyatida turizmni rivojlantirish Kontseptsiyasi doirasida o'ndan ortiq xalqaro sport musobaqalarini aynan Namanganda o'tkazish borasida xorijiy davlatlar bilan muzokaralar boshlandi.