Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, 1968-yilda tugʻilgan A.O. oʻz qoramollarini boshqa yer uchastkasidan yashash uyiga olib kelayotgan paytda, uyi oldida oʻynab yurgan 2023-yilda tugʻilgan X.R.ni va uni himoya qilmoqchi boʻlgan onasi — 1989-yilda tugʻilgan A.D. ni qoramollardan biri suzib, tan jarohati yetkazgan.

Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasining 2025-yil 22-iyul sanasidagi xulosasiga koʻra, fuqaro A.D. oʻrtacha ogʻir, voyaga yetmagan X.R. esa yengil tan jarohati olgani aniqlangan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali maʼlum qilishicha, jabrlanuvchilar 18-iyul kuni shifoxonadan ruxsat etilgan boʻlib, hozirda ambulator sharoitda davolanmoqda.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Yangiqoʻrgʻon tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.