Obyekt nomi: Samarqand va Navoiy koʻchalari kesishmasida “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchalarini oʻz ichiga olgan koʻp qavatli turar-joy” binosi qurilishi;

Sifatsiz qurilish montaj ishlarini bajarish, loyiha va qurilish meʼyorlaridan chetlanishda aniqlangan holatlar:

- bino qurilishi tasdiqlangan loyiha boʻyicha 9 qavatli belgilangan boʻlsada, amalda hech qanday hisobiy yechimlarsiz, loyihalash tashkiloti roziligisiz
10-qavat qurilgan;

- obyektda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasdan, xavfli joylarda tegishli vaqtinchalik toʻsiqlar qoʻyilmasdan, obyekt hududi qurilish chiqindilaridan tozalanmasdan ish tashkil etilgan. Bu bilan QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” talablari buzilgan;

- bino poydevori beton konstruksiyalariga loyihada belgilangan mustahkamlik darajasi boʻyicha qurilish sinov labaratoriyasining ijobiy xulosasi olinmasdan, ustki qismidan keyingi ishlarni davom ettirishga yoʻl qoʻyilgan. Bu bilan ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi talabi buzilgan;

- bajarilgan monolit temir beton konstruksiyalarning (rigel, balka, rama) ayrim joylarida beton himoya qatlami tushib ketib, armokarkaslari ochilib qolgan holatlari mavjud. Bu bilan QMQ 3.03.01-98 “Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar”ning bir qator bandi talabi buzilgan;

- binoning 3-4-5-qavatlarida qurilgan ayrim monolit temir-beton kolonnalar va rigellar loyihaga zid ravishda sifatsiz qurilgan boʻlib, belgilangan loyihaviy oʻqidan chetga siljish holatlari mavjud. Bu bilan QMQ 3.03.01-98 “Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar” hamda QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy xududlarda qurilish” talablari buzilgan;

- 3-qavatdagi yigʻma temir beton orayopma plitalarning ostki yuzalarida betonli himoya qatlamlari tushib ketib, armatura sterjenlari ochilib qolgan va SHNQ 3.01.01-03 “Qurilishni tashkil etish”ning 1.13 bandi talabi boʻyicha obyektga keltirilgan materiallar kirish nazoratidan oʻtkazilmagan;

- chordoqli tom konstruksiyasining yogʻoch elementlari - mauerlat, progon, stoyka, rasporkalar koʻndalang kesim oʻlchamlari loyihaga nisbatan kamaytirib bajarilgan, mauerlat elementi ostiga loyihada belgilangan himoya toʻshamasi - ruberoid bajarilmagan, yogʻoch elementlarni bir-biriga biriktiruvchi temir skobalar bilan mahkamlanmagan, chordoq konstruksiyasi balandligi asossiz ravishda loyihaga nisbatan koʻtarib bajarilgan, yogʻoch elementlar yongʻinga va chirishga qarshi maxsus suyuqlik bilan ishlov berilmasdan joyida montaj qilingan. Bu bilan tasdiqlangan loyiha talabi buzilgan.

 

Binoning hozirgi kundagi umumiy holati loyiha hamda asosiy QMQ 3.03.01-98 “Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar”, QMQ 2-01-03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meʼyoriy hujjatlarning bir qator talablariga javob bermaydi. Yozma koʻrsatmalarda qayd etilgan qoidabuzilishlar yuzasidan obyekt buyurtmachisi (oʻz oʻrnida pudratchi tashkiloti) “Mukammal qurilish sanoat servis” MCHJ rahbariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 99-moddasi boʻyicha 2020-yil 6-iyunda 03/20-sonli maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Tegishli tartibda maʼmuriy chora koʻrilishiga qaramasdan, buyurtmachi-pudratchi “Mukammal qurilish sanoat servis” MCHJ tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklarni oʻz muddatida bartaraf etmasdan qurilish-montaj ishlari davom ettirilgan. Shundan soʻng Inspeksiya tomonidan obyektda qurilish-montaj ishlarini vaqtincha toʻxtatish toʻgʻrisida 2020-yil 7-iyulda № 4-01-470-sonli “Ogohlantirish xati” hamda 2021-yil fevralda takroran №01/2021-sonli yozma koʻrsatma berilgan.

2. Namangan shahridagi “Azizbek avtogaz servis” MCHJ

Obyekt nomi: Namangan shahar, Navoiy koʻchasidagi 1-sonli “Savdo shahobchalarini oʻz ichiga olgan koʻp qavatli turar-joy binosi qurilishi”;

Aniqlangan kamchiliklar:

- Bino qurilishi viloyat qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi roʻyxatidan oʻtkazilmasdan boshlangan;

- bino qurilishi tasdiqlangan loyiha boʻyicha 8 qavatli belgilangan boʻlsada, amalda 10 qavat qurilgan;

- Loyiha talabini buzgan holda 1-qavat orayopmasini montaj qilishda chetki tomonidagi koʻp boʻshliqli plitalar yon qismidan sindirib montaj qilingan;

- monolit temir-beton zinapoyalar va maydonchalarini qurishda betonlash ishlari sifatsiz bajarilgan yaʼni beton qorishmasini yetarli zichlanmaganligi sababli yuzalarida gʻovaklik, chaqiq tosh toʻplanish, armokarkaslarini ochilib qolish holatlari mavjud;

- joyida montaj qilingan orayopma koʻp boʻshliqli plitalar oraligʻidagi choklari sement qorishmasi oʻrniga qurilish chiqindilari bilan toʻldirilgan;

- binodagi monolit temir beton konstruksiyalariga loyihada belgilangan mustahkamlik darajasi boʻyicha qurilish sinov labaratoriyasining ijobiy xulosasi olinmasdan, ustki qismidan keyingi ishlarni davom ettirishga yoʻl qoʻyilgan;

- binodagi pardadevorlarga gʻisht terimi ishlari sifatsiz bajarilgan yaʼni choklari belgilangan meʼyoridan ortiq, loyihada belgilangan pardadevorlarni asosiy devorga biriktirish elementlari bajarilmagan.

Binoning hozirgi kundagi umumiy holati texnik nazorat mutaxassislari, qurilish sinov laboratoriyasining nazorati olib borilmaganligi sababli loyiha hamda asosiy QMQ 3.03.01-98 “Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar”, QMQ 2-01-03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meʼyoriy hujjatlarining talablariga javob berishi, mustahkamlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi mavhum boʻlib qolmoqda.