Bugun 22-may kuni mazkur fanlar boʻyicha olimpiada respublika bosqichiring tantanali ochilish marosimi boʻldi va olimpiadaning 1-turi boshlandi.
Mazkur olimpiadaga mamlakatimizning eng iqtidorli 111 nafar ishtirokchisi yigʻilgan. Fizika fanidan 35, informatika fanidan 34, tarix fanidan 42 nafar oʻquvchi uchun Namangan muhandislik-texnologiya institutida yotoqxona, oshxona va barcha sharoitlar yaratilgan.
Olimpiadaning adolatli va shaffof oʻtishi uchun kuzatuv kameralari yoqilgan boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyasi uzatilmoqda. Bilimdonlarning ota-onalari va mehmonlarga jarayonlarni kuzatish uchun monitorlar oʻrnatilgan, deya xabar beradi Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.