Bugungi kunda Namangan viloyatidagi mavjud mahallalarda 784 ta hokim yordamchisi faoliyat yuritmoqda.

Ular tomonidan viloyatdagi 522 mingdan ziyod xonadon toʻliq xatlovdan oʻtkazildi. 2022-yilning 5 oyida hokim yordamchilarining tashabbusi bilan viloyatda 140 ming 300 ta ish oʻrni yaratildi.

Namangan viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Shokirjon Yusupovga koʻra, 7,3 ming fuqaroga 150,3 milliard soʻm kredit, 1790 kishiga 2,3 milliard soʻm subsidiya ajratildi. Hududlarda olib borilgan amaliy ishlar natijasida 4,6 ming ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Investitsiya dasturiga kiritilmagan 1,7 ming ta “Mahallabay” loyiha shakllantirildi.

Ayni paytda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Namanganda Mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanishtirishga bagʻishlangan press-tur oʻtkazilmoqda, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.