баннер
17 Apr 2025
12:04

    Namanganda “svet“ dan noqonuniy foydalanib kelgan xonadon aniqlandi

    “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ Energosavdo filiali Namangan boʻlinmasi tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Namangan shahar “Gulpora“ MFY hududida joylashgan fuqaro A.O. ga qarashli xonadonning elektr energiyasidan foydalanishi koʻrikdan oʻtkazilganda, elektr hisoblagichdan tashqari holda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib elektr taʼminotidan ajratildi.

    Maʼlumotlarga koʻra, aniqlangan noqonuniy foydalanish holatiga 3,2 mlrd soʻm hisobga olinmagan elektr energiyasi qiymati qayta hisob-kitob qilinib, toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech