Namangan shahri, viloyati salohiyatini targʻib etuvchi ushbu maskan oʻz ichiga koʻplab yoʻnalishlarni qamrab olgan.
Bu yerda milliy hunarmandchilik namunalarini koʻrishingiz mumkin.
Gʻurumsaroy kulollari, Chust doʻppidoʻzlari, Namangan atlasiyu, kashtalari, popopchilari mahsulotlarini ham aynan shu yerdan topasiz.
Bundan tashqari majmuada Milliy modalar haftaliklari, turizmni rivojlantirish yoʻlida maktab-seminarlar tashkil etiladi.
— Bir soʻz bilan aytganda, biz Namangan va xalqaro hamjamiyat, oʻttizdan ortiq mamlakatlar oʻrtasida koʻprik vazifasini bajarib beramiz. Namangan dunyoga qanchalik koʻp tanilsa, biz oʻz missiyamizni bajargan boʻlamiz, — deydi majmua rahbari Marina Jabbarova.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, bu yerda retro ashyolar va matolar muzeyi tashkil etilgan. Bu ham maskan uchun oxanrabo vazifasini bajarib beradi. Bu haqida Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.