Tadbirda viloya hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ishtirok etdi.
Hokimlarning xotin-qizlar boʻyicha maslahatchilariga Nexia 3, shahar-tuman hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlariga esa Spark avtomobillari taqdim etildi.
— Bu ikki tizim oldiga bugungi kunda nihoyatda dolzab masalalar qoʻyilgan. Xotin-qizlar boʻyicha maslahatchilar Prezidentimiz tomonidan joriy yil 8-oktyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar, xususan, ayollar daftarini toʻlaqonli shakllantirishga alohida eʼtibor qaratishlari zarur. Axborot xizmatlari esa bugungi kun nafasini tezkorlik bilan ilgʻab, hududlarda roʻy berayotgan voqea-yangiliklarni hozirjavoblik bilan yoritib borishlari, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlikni uzviy yoʻlga qoʻyishlari zarur, — dedi viloyat hokimi.
— Kundalik ishimiz jarayonida joylarga borish, hayotning qaynoq nuqtalaridan materiallar tayyorlashga toʻgʻri keladi, — deydi Toʻraqoʻrgʻon tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zohida Kenjayeva. — Endi bu masalada koʻnglimiz toʻq, ixtiyorimizga berilgan berilgan transport vositasi yoʻlimizni yaqin qilib, ishimiz samaradorligini oshiradi.
Tadbir yakunida xotin-qizlar boʻyicha maslahatchilar va axborot xizmatlari rahbarlari galdagi vazifalar xususida oʻzaro fikrlashib oldi.