Mustaqillik bayrami arafasida Namangan viloyati perinatal markazida bir yoʻla uch chaqaloq dunyoga keldi.
Qizchalarni dunyoga keltirgan ayol Norin tumanining Norinkapa qishlogʻida yashovchi Raʼnoxon Salamova. Chaqaloqlarning vazni 2-2,5 kg atrofida.
Shifokorlarning aytishicha, egiz qizaloqlar sogʻlom va baquvvat.
Oila aʼzolari bu xushxabarni Istiqlol ayyomi bilan qoʻshaloq shodiyona sifatida nishonlayapti.
Sanjarbek Hamidov