Quvvati 58 kilovatt boʻlgan quyosh panellari, 96 xonadonni jamlagan, toʻrtta koʻp qavatli uyning tomlarida oʻrnatildi.
Ushbu loyiha Sun-Hightech kompaniyasi tomonidan, BMTTD/GEJ (Global ekologik jamgʻarma)ning “Oʻzbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi yordamida, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida Oʻzbekistonning beshta hududini qamrab olish rejalashtirilmoqda.