Namanganlik oʻquvchi AQSHning Los-Anjeles shahrida oʻtkazilgan xalqaro onlayn tanlovda gʻolib boʻldi
Madaniyat
23 sen 2021, 16:16
2 323
Namangan shahridagi 1-IDUMning 9-sinf oʻquvchisi Ahrormirzo Rahmonov bir necha yildirki, musiqa sanʼati bilan shugʻullanib keladi. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda hozirga qadar koʻplab xalqaro tanlovlar, musiqa va sanʼat festivallari hamda bellashuvlarda muvaffaqiyat qozonayotgan yosh isteʼdod sohibi yaqinda Los-Anjelesda oʻtkazilgan onlayn tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
14 — 16 yoshli bolalar oʻrtasida dunyoning 87 davlati vakillari ishtirokida oʻtkazilgan mazkur tanlovda Ahrormirzo skripka yoʻnalishida isteʼdodini namoyon etib, “Yulduzlar sahnasi” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tanlovda 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Yosh isteʼdod kelgusi xalqaro tanlovlarda qatnashish uchun astoydil izlanmoqda, deya xabar bermoqda Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.