Namangan davlat universiteti oʻqituvchisi Nodirbek Qodirovning “Problems of the globalization of information culture in the current time” nomli monografiyasi Latviyaning Riga shahrida 9 ta tilda nashr etildi va ayni paytda www.morebooks.shop, www.amazon.com internet doʻkonlarida onlayn sotuvga chiqarildi.
Monografiyada soʻngi yillarda mamlakatimiz va xorijlik olimlari tomonidan yoshlarda axborot madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish tarixi, genezisi, hozirgi holati boʻyicha tadqiqot olib borilgan.
Shuningdek, yoshlarda axborot madaniyati rivojlantirishning zamonaviy usullari va vositalari boʻyicha amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.