Nizomga koʻra, fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligi har yarim yillik yakuni boʻyicha reyting baholanadi.
Baholash Mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolar yigʻinlari faoliyatini baholashda fuqarolar yigʻinining har bir xodimining oʻz funksional vazifalarini sidqidildan bajarganligi va uning tashabbuskorligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Mahallada ehtiyojmand va kambagʻal oilalarni aniqlash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilgan manzilli ishlar natijasi baholash koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Baholash natijalariga koʻra fuqarolar yigʻinlari xodimlari va jamoatchilik asosida mehnat qilayotgan shaxslarning har biriga:
yarim yillik natijalari boʻyicha mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,75 baravarigacha bir marotaba pul mablagʻlari ajratiladi;
yil yakuni natijalari boʻyicha respublika hududidagi sanatoriylardan biriga sogʻligini tiklash uchun bir marotabalik bepul yoʻllanma beriladi.