Nanayga turizm qishlogʻi maqomi berildi

    Turizm 31 Avgust 2024 617

    Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan Nanay qishlogʻiga turizm qishlogʻi maqomi berildi.

    Tadbir davomida hududda faoliyat yuritayotgan bir necha dam olish maskanlari, uy mehmonxonalari koʻzdan kechirildi.

    Taʼkidlanishicha, qishloq hududida turizmni rivojlantirish, sayyohlarga sharoit yaratish maqsadida soʻnggi 5-yil davomida 150 dan ortiq mehmon uylari, 2 ta xostel, salomatlik yoʻlakchalari bunyod etilgan. Barpo etilgan 22 ta sunʼiy sharshara esa qishloqning turistik jozibasini yanada oshirdi.

    Bundan tashqari hududda osma koʻprik, dor yoʻli hamda yozgi sirpanchiq yoʻlakchasi yoʻlga qoʻyilib, sayyohlarga qulayliklar yaratildi.

    Joriy yil holatiga koʻra turistik maskanga 20 mingga yaqin xorijiy, 220 mingdan ortiq mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.

    Shuningdek, hozirgi kunda qishloq hududida 87 ta loyiha amalga oshirilyapti, 18 ta turizm obyektlari barpo etilib, 298 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.