Nanayning fusunkor sharsharasi (fotoreportaj)

    Yashil sayyora 6 Oktabr 2020 5664

    Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan Nanay qishlogʻi maftunkor tabiati va musaffo iqlimi bilan tanilgan.

    Ayniqsa, Nanay sharsharasining maftunkor jilvasi kishini oʻziga rom etadi.

    Fusunkor sharsharaning balandligi 5 metrni tashkil etadi. Sharsharaning janubi-sharqiy qismida Chorvoq suv ombori, shimoliy qismida Chotqol togʻ tizmasi mavjud.

    Oʻynoqi harakatlari bilan toshdan toshga urilib oqayotgan sharshara oʻziga xos betakror manzara kasb etadi.

    Tabiatning ushbu inʼomini tomosha qilish, zilol suvning shovullagan ovozi, qushlarning sayrashini tinglashga ishtiyoqmand sayyohlar bu yerga tez-tez tashrif buyuradi.