"Quyosh ta'mi" ("Солнце на вкус") nomli kinoloyiha jamoasi O'zbekistonda joylarni tanlashni boshladi

    Mamlakatimizda 23 Oktabr 2020 916

    Yangi "Quyosh ta'mi" nomli kinoloyiha jamoasi a'zolari - ijrochi prodyuser eduard Gorbenko, sahnalashtiruvchi operator Bahodir Yo'ldoshev, skript-supervayzer Inna Orkina va ijrochi prodyuser Dmitriy Vorobyov bugun suratga olish joylarini tanlash uchun Toshkent viloyatiga tashrif buyurishdi. Kinoijodkorlar Toshkent, Chirchiq shaharlari va Bo'stonliq tumaniga tegishli joylar bilan tanishdilar.

    "O'zbekkino" Milliy agentligi bilan hamorlikdagi loyihalar to'g'risida Memorandum imzolangandan so'ng, Rossiya kinokompaniyasi vakillari O'zbekistonda qolishga va bo'lajak asarni suratga olish joylarini tanlashga qaror qildilar. Eslatib o'tamiz, "Quyosh ta'mi" filmi oilaviy tomoshabinlarga mo'ljallangan bo'lib, fantastik oilaviy sarguzasht janrida suratga olinadi.

    Mazkur kinoloyihani 2021 yilning uchinchi choragida taqdim etish rejalashtirilgan.

    “O'zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati